«ythlar statistikasi» tegli maqolalar


O‘zbekistonda 2023-yilda YTHlar sabab 2282 nafar fuqaro vafot etdi. Ularning 263 nafari bolalar
29 fevral 2024, 09:55

O‘zbekistonda 2023-yilda YTHlar sabab 2282 nafar fuqaro vafot etdi. Ularning 263 nafari bolalar

2023-yilda respublika yo‘llarida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 263 nafari bolalar ekani ma’lum qilindi. Dekabr oyining o‘zida 202 nafar fuqaro YTH oqibatida vafot etgan.

O‘zbekistonda 11 oyda 2080 nafar inson YTH oqibatida vafot etdi
11 yanvar 2024, 15:17

O‘zbekistonda 11 oyda 2080 nafar inson YTH oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 8693 ta YTH sodir etilib, ularda 2080 nafar inson halok bo‘lgan va 8055 kishi jarohatlangan. sentabr, oktabr va noyabr oylarida jami 665 nafar kishi YTH sabab vafot etgan. Senat qo‘mitasi YTHlarga asosan fuqarolar sababchi ekanini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda avgust oyida YTHlar sabab 300 kishi vafot etdi
29 sentabr 2023, 11:40

O‘zbekistonda avgust oyida YTHlar sabab 300 kishi vafot etdi

O‘zbekiston hududida so‘nggi 8 oyda 5772 ta YTH sodir etilgan. Unda 5448 nafar kishi jarohatlangan, 1415 nafar kishi esa vafot etgan. Avvalroq mamlakatda yanvar-iyul oylarida 1115 kishi YTH oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.

O‘zbekistonda 7 oyda salkam 4,8 mingta YTH sodir etilgan, ularda 1115 kishi vafot etgan
5 sentabr 2023, 11:50

O‘zbekistonda 7 oyda salkam 4,8 mingta YTH sodir etilgan, ularda 1115 kishi vafot etgan

O‘zbekiston hududida 2023-yilning 7 oyida 4772 ta YTH qayd etilgan. Ularda 1115 kishi vafot etgan, 4564 nafari tan jarohatlari olgan.

Tezlikni 60 km/soatgacha kamaytirish yiliga 600 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolishi mumkin — PMTI
13 fevral 2023, 11:11

Tezlikni 60 km/soatgacha kamaytirish yiliga 600 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolishi mumkin — PMTI

Mutaxassislar transportlarning tezligi pasayishi va yo‘llardagi o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi. Ularning fikricha, tezlikni 10 km/soatga kamaytirish yiliga 600 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolishi mumkin. Shu bilan birga, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni kuchaytirish ham muhimligi aytildi.

O‘zbekistonda 10 oyda YTHlar oqibatida 226 nafar bola halok bo‘ldi
29 noyabr 2022, 15:23

O‘zbekistonda 10 oyda YTHlar oqibatida 226 nafar bola halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2022 yil yanvar-oktabr oylarida yuz bergan 7636 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1931 kishi halok bo‘ldi, ularning 226 nafari — bolalar. Avvalroq SSV O‘zbekistonda YTHlar oqibatida 5−14 yoshli bolalar o‘limi darajasi Yevropa mamlakatlariga qaraganda 4 baravar yuqoriligini ma’lum qilgan edi


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting